Toshkent shahri Chilonzor tumanida daraxt qulashi oqibatida 1 yoshli qiz vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov.

Qayd etilishicha, holat 3-may kuni soat 11:50 atrofida tumanning 5-mavzesida sodir bo‘lgan. 55 yoshli enaga Ye.M. bolalar aravachasida 2023-yilda tug‘ilgan A.P.ni olib ketayotganida daraxt bosib qolgan. Oqibatda qizcha hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.